Levofloksatsin — bu III avlod ftorxinolonlar guruhiga mansub boʻlgan yuqori samarali antibakterial komponent hisoblanadi. Oq yoki och sariq rangli, suvda oʻrtacha eruvchan va muzli sirka kislotasida yaxshi eruvchan kristall kukun shaklidadir. Keng qamrovli mikroblarga qarshi taʼsirga ega boʻlib, bakterial fermentlarni (DNK-giraza va topoizomeraza IV) ingibirlaydi (bloklaydi), bu esa mikroorganizmlar DNK sintezini buzadi. Ushbu mahsulot tayyor dori shakllari (tabletkalar, infuzion eritmalar va koʻz tomchilari) ishlab chiqarish uchun faol farmasevtik substansiya (AFS) sifatida ajralmas hisoblanadi.
Merit Chemicals