Vodorod peroksid 60% — yuqori konsentratsiyali, rangsiz, suyuq kimyoviy birikma bo'lib, tekstil sanoatida eng samarali va ekologik xavfsiz oksidlovchi hamda oqartiruvchi agentlardan biri hisoblanadi. Kuchli dezinfeksiyalovchi ва parchalovchi ta'sirga ega. Reaksiya jarayonida to'liq suv va kislorodga parchalanadi, matoda hamda oqova suvlarda zararli kimyoviy aralashmalar va toksik qoldiqlarni qoldirmaydi, bu esa uni zamonaviy tekstil pardozlash sanoatida almashtirib bo'lmas komponentga aylantiradi.
Merit Chemicals