Monoetilinglikol (etandiol-1,2; MEG) — koʻp atomli spirtlarning eng oddiy vakili boʻlib, hidsiz, shaffof, rangsiz, siropsimon, gigroskopik xususiyatga ega va suvda cheksiz eruvchan suyuqlikdir. MEG poliefir tolalar, plastiklar (jumladan, PET), shuningdek, yuqori samarali sovitish suyuqliklari va antifrizlarni keng koʻlamda ishlab chiqarish uchun asosiy bazaviy kimyoviy komponent hisoblanadi. Suvli eritmalarining muzlash haroratini sezilarli darajada pasaytirish xususiyati tufayli ushbu mahsulot issiqlik energetikasi, avtomobilсоzlik va kimyo sanoatida almashtirib boʻlmaydigan xomashyodir.
Merit Chemicals