Maltodekstrin (o'simlik krajmalini fermentativ parchalash orqali olinadigan tez eruvchan organik komponent) — bu oziq-ovqat mahsulotlarining tuzilishini (teksturasini) yaxshilash, quyuqlashtirish, stabillashtirish va saqlash muddatini uzaytirish uchun qo'llaniladigan ko'p funksiyali universal uglevoddir. Mahsulot suvda juda yaxshi eriydigan, hidsiz, neytral yoki biroz shirin ta'mga ega bo'lgan oq yoki och qaymoq rangli mayda kukun shaklidadir. Yuqori gigroskopiklik (namlikni bog'lash) xususiyati tufayli maltodekstrin qandolatchilik, non-bulochka, sut mahsulotlari, bolalar va sport oziq-ovqatlari, shuningdek, quruq aralashmalar va souslar ishlab chiqarishda ajralmas xomashyo hisoblanadi.
Merit Chemicals