Sorbitol 70% (olti atomli spirtning yuqori darajada tozalangan suvli eritmasi) — bu oziq-ovqat sanoatida namlikni saqlash, tekstura berish va shirinlik darajasini ta'minlash uchun ishlatiladigan universal komponent hisoblanadi. U hidsiz, yoqimli shirin ta'mga ega (saxaroza shirinligining taxminan 60% ini tashkil qiladi) quyuq, shaffof, siropga oʻxshash suyuqlikdir. Yuqori gigroskopiklik (namlikni tortish) va termal barqarorlikka ega. Oʻzining noyob xususiyatlari tufayli sorbitol qandolatchilik, non-bulochka mahsulotlari, parhez taomlar ishlab chiqarishda, shuningdek, kosmetika va farmatsevtika sohalarida ajralmas xomashyo hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatida sorbitol E420 qo‘shimchasi sifatida tanilgan. U nafaqat shakarning o‘rnini bosib, kamroq kaloriyaga ega, balki mahsulotlarning qurib qolishini oldini olib, namlikni me’yorda saqlaydi. Kosmetika va farmatsevtika sohalarida esa siroplar, tish pastalari va teri parvarishi vositalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Merit Chemicals